Yakkasaroy tumanida oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi
Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida "Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor" tamoyili asosida "1+1" dasturi doirasida ishsiz yoshlarni tadbirkorlika oʼqitish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tadbirkorlikka koʼmaklashish markazi Yakkasaroy tuman boʼlinmasi tomonidan "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar uchun tadbirkorlik va biznesni ochish hamda rivojlantirish boʼyicha maxsus oʼquv kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi.
Hozirda 20 nafar yosh boʼlajak tadbirkorlar maxsus oʼquv kurslariga muntazam faol ishtirok etishmoqda.
Kurs doirasida bank hodimlari hamda tuman soliq inspektsiya hodimlari tomonidan mahorat darslari olib borilishi rejalashtirilgan.
18.10.2021
09:23