Respublikamiz hududlarida mahalliy tadbirkorlar uchun “Brend yaratishning huquqiy aspektlari” bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi PQ-4965-sonli qaroriga muvofiq, “Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida joriy yilning 14-15 mart kunlari respublikamiz hududlarida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi, O‘zbekiston Savdo - sanoat palatasi va boshqa tegishli idora vakillari bilan birgalikda mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari ishtirokida “Brend yaratishning huquqiy aspektlari” mavzusida mahorat darslari tashkil etildi.
Bo‘lib o‘tgan tadbirlarda hududlardan 100 nafarga yaqin mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari ishtirok etdilar.
Tadbirlarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etayotganlar uchun o‘z brendiga (tovar belgisiga) ega bo‘lishning afzalligi, O‘zbekiston va xalqaro miqyosda tan olingan milliy brendlar egalarining bu boradagi tajribasi, yutuqlari, shuningdek, o‘z brendini tashkil etish bilan mahalliy va tashqi bozorlarga kirib borish va raqobatbardosh mahsulotlarni ushbu bozorlarni egalllash istiqbollari muhokama etildi.
Shuningdek, bo‘lib o‘tgan tadbirlarda har bir hududdan muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan va o‘z brendiga ega mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari ham jalb etilib, tadbir ishtirochkilari bilan fikr almashdilar.
16.03.2022
10:36