SSP raisi va Tataristonning O‘zbekistondagi vakili o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 5 aprel kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahabov va Tataristonning O‘zbekistondagi vakili A.Axtareev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Tatariston Respublikalari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning ayni paytdagi ko‘rsatgichi va kelgusidagi istiqbollari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayonlari, shuningdek O‘zbekiston va Tatariston ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv do‘stona va konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 aprelidan 16 apreliga qadar Tatariston Respublikasi biznes delegasiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi kutilmoqda.
05.04.2022
11:16