• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

    Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 230 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

    Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihonlardan o‘tkazish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori (ID-58680) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1. Loyiha 2-bandi ikkinchi xatboshisiga ko‘ra, “mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab yangi o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish to‘xtatiladi”.

    Ta'kidlash lozimki, loyiha muallifi tomonidan bunday cheklov asoslantirilmagan.

    Shuningdek, ushbu cheklov qancha muddat davom etishi ham aniqlashtirilmagan.

    Bunda, qonunchilikdagi o‘zgartirishlar sababli tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatiga bunday cheklovlarning belgilanishi amalda ushbu sohada ishbilarmonlik muhiti hamda tadbirkorlar moliyaviy ahvolining keskin yomonlashishiga olib kelishi aniq.

    Chunki, yangi o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olishning to‘xtatilishi amalda tadbirkorlarning o‘z faoliyatini noma'lum muddatga to‘xtatib turishiga olib keladi.

    Biroq, tadbirkorlarda kreditlar, ijara to‘lovlari, xodimlar maoshlari va boshqa xarajatlar mavjud bo‘lishi mumkin.

    Bundan tashqari, bu cheklov ushbu sohadagi tadbirkorlarning o‘z mijozlarini yo‘qotishiga olib kelishi aniq.

    Ko‘rinib turibdiki, bu kabi cheklovlar faqatgina salbiy oqibatlarga olib kelishi, xususan biznesning yashirin faoliyat yuritishga o‘tishiga zamin yaratib berishi mumkin.

    Shu sababli, loyihadan ushbu normani chiqarib tashlash lozim.

    2. Loyiha 2-bandi uchinchi xatboshisiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatishga ilgari berilgan lisenziyalar 2022 yil 1 sentyabrgacha haqiqiy hisoblanadi va yangi lisenziya talablarini hisobga olgan holda qayta rasmiylashtiriladi”.

    Ya'ni, yangi lisenziya talablarining joriy etilishi hamda tadbirkorlarga lisenziyalarini yangi talablarni hisobga olgan holda qayta rasmiylashtirish talablarining belgilanishi ularga ortiqcha majburiyatlar yuklashni nazarda tutadi.

    Ta'kidlash lozimki, qonunchilikdagi bu kabi beqarorlik hamda o‘zgartirishlarning biznesga salbiy ta'sirini maksimal darajada kamaytirish to‘g‘ri bo‘lar edi.

    Bunda, yuqoridagi kabi o‘zgartirishlarni amaliyotga kiritish hamda tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini ushbu o‘zgartirishlarga muvofiqlashtirishi uchun ko‘proq vaqt berish maqsadga muvofiq.

    Ya'ni, faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub'ektlarining bankrot bo‘lmasligi yoki yashirin faoliyat yuritishga o‘tmasligi uchun ularga qo‘shimcha vaqt berilishi nafaqat iqtisodiyot uchun, balki aholi bandiligini ta'minlash va mavjud ish o‘rinlarini saqlab qolish uchun ham muhimdir.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihada ilgari berilgan lisenziyalar ushbu qaror rasmiy kuchga kirgan kundan boshlab 1 yil davomida haqiqiy hisoblanishini va yangi lisenziya talablarini hisobga olgan holda qayta rasmiylashtirilishini belgilab qo‘yish lozim.

    3. Loyiha 3-bandiga ko‘ra:

    “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshiruvchi o‘quv tashkilotlarining, shu jumladan davlat muassasalarining faoliyati lisenziya talablari va shartlariga muvofiq tashkil etilganligini o‘rganish bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Transport vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillaridan iborat Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlar tashkil etilsin.

    Hududiy ishchi guruhlar bir oy muddatda o‘quv tashkilotlari faoliyatini lisenziya talablari va shartlariga muvofiq tashkil etilganligini o‘rganib chiqsin vaumumlashtirilgan ma'lumotlarni Respublika ishchi guruhiga taqdim etsin.

    O‘rganish natijalariga ko‘ra Respublika ishchi guruhi tomonidan taqdim etilgan xulosalarga asosan Ichki ishlar vazirligi belgilangan tartibda faoliyati tashkil etilmagan o‘quv tashkilotlarining lisenziyasini tugatish choralarini ko‘rsin”.

    Ta'kidlash lozimki, lisenziya amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish, hamda uni bekor qilish tartibi va asoslari “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunda (32, 33 va 34-moddalari) belgilangan.

    Shuningdek, ushbu Qonun 6-bobida lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi davlat nazoratini amalga oshirish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan.

    Bunda, alohida faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha maxsus ishchi guruhlarning tuzilishi hamda ularga tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini o‘rganish vakolatini berilishi amalda tadbirkorlar faoliyatini tekshirishlar sonining keskin oshib ketishiga hamda biznesga ma'muriy bosimning ortishiga sabab bo‘ladi.

    Bundan tashqari, loyiha muallifi tomonidan ushbu faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha maxsus ishchi guruhlarning tuzilishi hamda ularga tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini o‘rganish vakolatini berilishi asoslantirilmagan.

    Shu bilan birga, ushbu sohadagi lisenziyalovchi organ lisenziya talablari va shartlariga tadbirkorlik sub'ektlarining rioya etishini tekshirish vakolatiga ega.

    Loyihada esa lisenziyalovchi davlat organining yuqoridagi vakolatlarini idoralararo kollegial organlarga berish taklif etilmoqda.

    Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 avgustdagi PF-5527-son Farmoni 4-bandiga muvofiq idoralararo kollegial organlarga davlat-hokimiyat vakolatlarini berish taqiqlangan, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, loyihadan 3-bandni chiqarib tashlash lozim.

    4. Loyiha 4-bandi “a” kichik bandiga ko‘ra:

    “Haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish va ta'lim sifatini qat'iy nazorat qilishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizimi joriy etilsin:

    a) avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi o‘quv tashkilotlarning (keyingi o‘rinlar – o‘quv tashkilotlari) faoliyatini tashkil etish yo‘nalishida:

    ....

    o‘qituvchi va instruktorlarning malakasini oshirish har uch yilda bir marotaba Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan shartnoma to‘lov asosida amalga oshiriladi va malaka oshirilganligi to‘g‘risida maxsus sertifikat beriladi;

    avtomototransport vositalarining va shahar elektr transport vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish fanidan dars beruvchilar, shuningdek yo‘l harakati qoidalari, avtomototransport vositalarini xavfsiz boshqarish va harakat xavfsizligi asoslari fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchilar sifatida faqat avtotransport sohasi bo‘yicha oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi;

    avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transporti vositasini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar instruktori sifatida faqat avtotransport sohasi bo‘yicha o‘rta maxsus va oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi;

    yo‘l-transport hodisasida birinchi yordam fanidan dars beruvchilar sifatida tibbiyot ixtisosligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma'lumotga yoki “Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish” bo‘yicha instruktor (paramedik) malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi;

    .....".

    Ushbular bilan mazkur sohadagi tadbirkorlik sub'ektlari uchun yangi talab va shartlar belgilanmoqda.

    Biroq, mazkur yangi talab va shartlarni joriy etish zaruriyati esa, loyiha muallifi tomonidan yetarlicha asoslantirib berilmagan, ya'ni ushbu turdagi talab va shartlarni joriy etishga sabab bo‘lgan salbiy holatlar keltirilmagan.

    Xususan, amaldagi tartib natijasida vujudga kelayotgan muammolar tahlili, shuningdek xorijiy tajriba keltirilmagan.

    E'tirof etish joizki, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda bu kabi qo‘shimcha talab va shartlarning belgilanishi amalda ishbilarmonlik muhitiga salbiy ta'sir ko‘rsatib, biznes yuritishning murakkablashishiga sabab bo‘ladi.

    Bunda, yuqoridagi kabi biznes yuritishning murakkablashishiga sabab bo‘ladigan o‘zgartirishlarni chuqur tahlil qilmasdan amalga oshirish amaliyotda kutilgan natijalarni bermasdan aksincha salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

    Shu sababli,loyiha 4-bandi “a” kichik bandi uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarining maqsadga muvofiqligi masalasini qayta ko‘rib chiqish lozim.

    5. Loyiha 5-bandi sakkizinchi xatboshisiga ko‘ra:

    “O‘quv tashkilotlarining ochiq reytingi Ichki ishlar vazirligi tomonidan quyidagi mezonlarga asosan yuritiladi:

    ....

    o‘quv tashkilotlari tinglovchilarning yo‘l harakati sohasidagi tanlovlarda ishtiroki”.

    Ta'kidlash lozimki, mazkur xatboshi noaniq ifodalangan.

    Ya'ni, o‘quv tashkilotlari tinglovchilarning yo‘l harakati sohasidagi qaysi turdagi tanlovlarda ishtirok etishi, ushbu tanlovlar kim tomonidan o‘tkazilishi, muddatlar va o‘tkazish tartibi kabi masalalar noaniq.

    Bu esa, o‘z navbatida, noaniqlik va chalkashliklarga, shuningdek, korrupsiya va suiiste'mollik holatlariga sharoit yaratib berishi aniq.

    Shu sababli, loyihada yuqoridagi masalalarni aniqlashtirish yoki ushbu xatboshini chiqarib tashlash lozim.

    6. Loyiha 9-bandiga ko‘ra, “O‘quv tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi va instruktorlar 2023 yil 1 yanvariga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida malaka oshirish kurslaridan o‘tishlari va maxsus sertifikatlarga ega bo‘lishlari shart.”.

    Mazkur Xulosaning 4-bandida keltirilgan asoslarni inobatga olgan holda, loyiha 9-bandini chiqarib tashlash lozim.

    7. Loyiha bilan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini lisenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

    Ta'kidlash lozimki, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini lisenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom 2-ilovasida Nodavlat ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni lisenziyalash Pasporti belgilangan.

    Ushbu Pasportda avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha ta'lim tashkilotiga qo‘yiladigan talablar va tartib-taomillar o‘z aksini topgan.

    Bunda, normativ-huquqiy hujjatlarning bir-birini takrorlashini oldini olish hamda ularni optimallashtirish maqsadida, Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini lisenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish masalasini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.

    06.04.2022

    10:02

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06