O‘zbekiston SSP raisi va "UTID" raisi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 6 aprel kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlar uyushmasi Ittifoqi Kengashi raisi Daut Azmi Erbash boshchiligidagi delegasiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda“UTID” faoliyati doirasida o‘zaro hamkorlik va qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida Turkiya delegasiyasi vakillari Savdo-sanoat palatasi faoliyati bilan tanishib, o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbollari va imkoniyatlarini, jumladan, to‘qimachilik sanoatida, shuningdek ta'lim sohasida loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, Ittifoq ta'ischilari va a'zolari ishtirokida O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
06.04.2022
12:35