• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

    Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 247 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

    Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish va aholi hududlarida tozalikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni (ID-57632) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    1. Loyiha 1-bandi to‘rtinchi xatboshisiga ko‘ra:

    “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda – Davlat ekologiya qo‘mitasi), Ekologik partiyasi va Energetika vazirligining sanitar tozalash xizmatlari uchun to‘lovlar tizimini raqamlashtirish orqali ularni o‘z vaqtida amalga oshirishda qulayliklar yaratish maqsadida:

    ....

    2022 yil 1 iyuldan boshlab, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va tashish xizmatlari uchun to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi bartaraf etilmagan jismoniy shaxslarga elektr energiyasi yetkazishni markazlashtirilgan billing tizimlari orqali qarzdorlik bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turish amaliyotini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullansin”.

    Ya'ni bunda, bir xuquqiy munosabatlarning natijasi boshqa unga bog‘liq bo‘lmagan xuquqiy munosabatlarga bevosita ta'sir qilishi belgilanmoqda.

    Bundan tashqari, ushbu taklif amaldagi tartibni qiyinlashtirishga olib kelishini inobatga olgan xolda, uning samaradorligi taxlil qilinganligi to‘g‘risida ma'lumotlar keltirilmagan.

    Ta'kidlash joizki, tadbirkorlik sub'ekti uchun elektr energiyasi kommunal xizmatlarning eng muhim turi xisoblanadi.

    Bunda, tadbirkorlik sub'ektini elektr iste'mol qilishga taalluqli bo‘lmagan munosabatlar uchun elektr ta'minotidan uzish, tadbirkorlik sub'ekti faoliyatini asossiz to‘xtashiga olib kelishi hamda moliyaviy xolatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

    Shu bilan birga, ta'kidlash joizki, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va tashish xizmatlari uchun to‘lovlarni undirish masalalari amaldagi qonunchilikda yetarlicha tartibga solingan.

    Xususan, ushbu sohadagi vakolatli organlar iste'molchilardan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va tashish xizmatlari uchun to‘lovlarni undirish bo‘yicha sudga murojaat qilishi mumkin.

    Yuqoridagilarni inobatga olib, loyiha 1-bandi to‘rtinchi xatboshisini chiqarib tashlash lozim.

    2. Loyiha 2-bandi “a” kichik bandiga ko‘ra:

    “Aholi uchun mo‘ljallangan chiqindi to‘plash shoxobchalari va konteynerlardan samarasiz foydalanilishini hamda atrof-muhit va tabiat ifloslanishini oldini olish, tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan sanitar tozalash xizmatlari ko‘lami va sifatini oshirish maqsadida 2022 yil 1 iyuldan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

    a) sanitar tozalash korxonalari hamda qattiq maishiy chiqindilar paydo bo‘lishiga olib keladigan faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘rtasida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish bo‘yicha shartnomalar majburiy tartibda tuziladi;

    ....

    Fuqarolik kodeksining 354-moddasiga ko‘ra:

    “Fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkindirlar.

    Shartnoma tuzishga majbur qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, shartnoma tuzish burchi ushbu Kodeksda, boshqa qonunda yoki olingan majburiyatda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.

    Bunda, shartnomalarni majburiy tartibda tuzishga faqat Fuqarolik kodeksi yoki boshqa qonunlarda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi.

    Ya'ni, qonunosti hujjatlar bilan bunday normalarning belgilanishi Fuqarolik kodeksi talablariga zid keladi.

    Shu bois, loyiha 2-bandi “a” kichik bandi chiqarib tashlash lozim.

    3. Loyiha 4-bandi to‘rtinchi xatboshisiga ko‘ra:

    “Belgilab qo‘yilsinki:

    .....

    2024 yil 1 yanvardan boshlab atrof-muhitga ta'sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda majburiy tartibda “ekolog” shtati mavjud bo‘lishi lozim”.

    Bu bilan, tadbirkorlik sub'ektlariga nisbatan ko‘shimcha ma'muriy yuk ortirilmoqda.

    Biroq, loyiha muallifi tomonidan mazkur talab yetarlicha asoslantirilmagan.

    Xususan, bunday o‘zgartirishlarga zaruriyat hamda amaldagi tartib natijasida vujudga kelayotgan muammolar tahlili, shuningdek xorijiy tajriba keltirilmagan.

    Bunda, bu kabi o‘zgartirishlarni chuqur tahlil qilmasdan amalga oshirish amaliyotda kutilgan natijalarni bermasdan aksincha salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

    Shu sababli, loyiha 4-bandi to‘rtinchi xatboshisini yuqoridagi masalalarni chuqur tahlil qilgan holda hamda xorijiy davlatlar ijobiy tajribasidan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq.

    4. Loyiha 16-bandi birinchi xatboshisiga ko‘ra, “Belgilansinki, profilaktika inspektorlari tomonidan ular xizmat o‘taydigan mahallalarda ma'muriy javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish natijasida jarima sifatida undirilgan mablag‘larning o‘ttiz foizi miqdordagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi”.

    Biroq, ushbu tartib joriy qilinishi inspektorlar tomonidan pul mukofoti olish maqsadida iste'molchilarni asossiz ma'muriy javobgarlikka tortish holatlariga sharoit yaratib berishi mumkin.

    Bunda, ma'muriy xuquqbuzarliklarni statistikasi oshib ketishiga, ammo ushbu xuquqbuzarliklarni oldini olishga olib kelmaydi.

    Shu bois, loyiha 16-bandi birinchi xatboshisini chiqarib tashlash lozim.

    14.04.2022

    09:25

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06