O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining Tatariston Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuvi
2022-yilning 14-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahabov O‘zbekistonda ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan Tatariston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda, shuningdek, Tatariston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi vakili A.A. Axtareev va Tatariston ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etishdi.
Muhokamalar chogʻida Tatariston delegatsiyasining tashrifining dastlabki natijalari koʻrib chiqildi. Kompaniya va korxonalar vakillari amalga oshirilgan ishlar, o‘zbekistonlik hamkorlari bilan o‘tkazilgan uchrashuv va muzokaralar, respublika sanoat korxonalariga tashrif buyurish haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahabov so‘z davomida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida biznes sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishning ustuvor yo‘nalishlarini sanab o‘tdi. Ular orasida to‘qimachilik va elektrotexnika sanoati, farmatsevtika, biomeditsina, IT sohasi va boshqa sohalar bor.
Tatariston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari Marat Axmatov tatar va o‘zbek tadbirkorlari va investorlarini amaliy hamkorlikka jalb etish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, istiqbolli tarmoqlarda o‘zaro manfaatli loyihalar, shuningdek, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish maqsadida ikki davlatning o‘zaro hamkorlikni faollashtirish majburiyatini, ya’ni bu boradagi kelishuvlarni amalga oshirishni ta’kidladi.
Tatar tomoni delegatsiya tashrifi natijalaridan mamnunligini bildirdi, tomonlar ham katta salohiyati mavjud o‘zaro hamkorlik sur’atini pasaytirmaslikka kelishib oldilar.
15.04.2022
08:48