O‘zbekiston sanoat korxonalarining global kompaniyalar ishlab chiqarish zanjiriga qo‘shilish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Joriy yilning 31 mart kuni Davlat rahbari boshchiligida bo‘lib o‘tgan videoselektorda tegishli vazirlik, idoralar, tarmoq birlashmalariga Yevropa, Xitoy, Xindiston, Turkiya, Koreya, Yaponiya kabi davlatlardagi yirik brendlar ishlab chiqarish zanjiriga qo‘shilish topshirilgan edi.
Shu munosabat bilan 2022 yil 15 aprel' kuni ushbu topshiriqlar bo‘yicha amaldagi ishlarni tahlil qilish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va “O‘zeltexsanoat”, “O‘zcharmsanoat”, “O‘zsanoatqurilish materiallari” uyushmalari, Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mas'ul xodimlari bilan birgalikda onlayn muloqotda o‘tkazildi.
Uchrashuvda Palata va tarmoq birlashmalari tomonidan Xorijiy davlatlar kompaniyalarining ishlab chiqarish zanjiriga qo‘shilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning joriy holati va galdagi vazifalari muhokama etildi.
Muhokama yakunida Palata va tarmoq birlashmalarning hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida kelishib olindi.
15.04.2022
20:41