Tadbirkorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan kelib tushgan xatga asosan Rossiyada faoliyat olib boruvchi “Samberi” savdo tarmog‘idan hamkorlik taklifi kelib tushgan.
Ushbu korxona “Samberi” oziq-ovqat mahsulotlarini savdosi bilan shug‘ilanuvchi korxona bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasidan non bo‘laklari, yarim tayyor aralashmalar, tomat va chili souslari, uksus, tez tayyor bo‘luvchi lapsha, konservalangan mahsulotlarni Rossiya korxonasi sotib olishini ma'lum qilgan.
Shu munosabat bilan “Samberi” korxonasi bilan hamkorlik qilish istagidagi korxonalar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni (Korxona nomi, manzili, rahbarning F.I.Sh., aloqa uchun telefon raqamlar)
2022-yil 29-aprelga qadar Palata mas'ul xodimi Usmonov Shaxzodga sh.usmanov@chamber.uz elektron manziliga taqdim etishingiz so‘raladi.
23.04.2022
14:09