Rossiyaning Krasnodar viloyati ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2022-yil 26-aprel kuni “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ma'sul xodimlari va Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda hududlararo hamkorlikni rivojlantirish muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi rejalar bo‘yicha kelishib oldilar.
26.04.2022
18:17