Yangiyo‘l shahrida tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Joriy yilning 27-aprel sanasida, Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida Savdo-sanoat palatasi hamda Yangiyo‘l shahar hokimligi tomonidan tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
O‘tkazilgan sayyor uchrashuvda 87 nafar mahalliy tadbirkorlik sub'ektlari ishtirok etib, 62 nafari murojaat qilishdi. Ularning muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi va taalluqliligi bo‘yicha mutassaddilar tomonidan o‘rganildi.
Tadbirkorlar o‘z faoliyati davomida duch kelgan tuman, viloyat va respublika miqyosidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.
Tadbirda tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan asosan imtiyozli kredit, yer maydonlari ajratilishi, subsidiya masalalari, investor topish, patent olish, fors major holati, debitor qarzdorliklarni undirish masalalari yuzasidan qilingan murojaatlarning 30 tasi (48 %i) joyida hal etildi, qolgan 32 ta murojaatlarni xal etish yuzasidan 1 kun muddat ichida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqilib, tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralarga yo‘naltirishga kelishildi.
Shuningdek, mutassaddi tashkilotlar bilan birgalikda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar kesimida tizimli ravishda chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, belgilangan talablar va imtiyozlar to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.
Kelgusida tadbirkorlik sub'ektlari muammo va takliflarni muntazam o‘rganish maqsadida Yangiyo‘l shahar hokimining Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari (A.Isanbaev) hamda Yangiyo‘l shahar Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi (S.Jumaev) bilan birgalikda har haftaning chorshanba kuni Yangiyo‘l shahar markazida joylashgan saylgohda shaharda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub'ektlari bilan uchrashuv tashkil etishga kelishib olindi.
28.04.2022
10:29