Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘nalishida tadbirkor ayollar rolini oshirish masalalar.
Joriy yilning 5-may kuni videokonferensaloqa shaklida Savdo-sanoat palatasining Biznes kompetensiyalarni oshirish, yoshlar start up loyihalariga ko‘maklashish va biznes-inkubatorlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi vakillari Xitoy Xalq Respublikasining Sin'szyan kompaniyasi bilan muloqot o‘tkazdi.
Ushbu uchrashuvda ikki mamlakatning ishbilarmon vakillari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida elektron kommersiya va boshqa yo‘nalishlarda onlayn seminarlarni tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Bundan tashqari ShHT davlatlarining muassalaridagi xodimlar uchun qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘nalishida tadbirkor ayollar ro'lini oshirish bo‘yicha seminar tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
07.05.2022
11:50