Korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi bo‘yicha Maxsus komissiyaning uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 13 -may kuni Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari I.Jasimov rahbarligida Palata huzurida tashkil etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi a'zoligiga qo‘shilish to‘g‘risidagi bildirishnomalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha Maxsus komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Maxsus komissiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasidan vakillar ishtirok etdi.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi a'zoligiga qo‘shilish va yagona Reestrni yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, komissiya tomonidan yig‘ilish kuni to‘g‘risida bildirishnoma mualliflariga oldindan xabar berildi va ularning xohishiga ko‘ra ishtiroki ta'minlandi.
Xususan, komissiya yig‘ilishida “Memorial Architectural Project” MChJ, “LAWYER 24” MChJ va “ALLES SAG‘LIK GROUP” MChJ vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda 31 nafar tadbirkorlik sub'ektlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasi a'zoligiga qo‘shilish to‘g‘risidagi bildirishnomalari va ilova qilingan hujjatlar, komissiya a'zolari tomonidan ko‘rib chiqildi hamda Xartiyasiga qo‘shilish to‘g‘risidagi bildirishnomalarni qanoatlantirish haqida qaror bir ovozdan qabul qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasiga qo‘shilgan tadbirkorlik sub'ektlari ro‘yxati.
13.05.2022
19:22