“Investision faoliyatda korrupsiya holatlarining oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusidagi birinchi mintaqaviy seminar o‘z ishini boshladi.
Bugun, 2022-yil 18-may kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh Prokuratura va BMTning Giyohvandlik vositalari va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakolatxonasi hamkorligida “Investision faoliyatda korrupsiya holatlarining oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusidagi birinchi mintaqaviy seminar o‘z ishini boshladi.
Mazkur tadbir “Ipak yo‘li Iqtisodiy Kamari bo‘ylab joylashgan davlatlarda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasini amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash orqali barqaror rivojlanishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Sud huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish boshqarmasi boshlig‘i B.Ibadullaev va bosh yuriskonsul't K.Abdiraximov ham ishtirok etishmoqda.
Seminar jarayonlari haqida rasmiy sahifalarimiz orqali ma'lumot berib boriladi.
18.05.2022
17:27