“O‘zbekiston biznesining korrupsiyaga qarshi kurashish xartiyasi” mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida, Qoraqalpog‘istonda seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2022-yil 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasining 21-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Savdo-sanoat palata hamkorligida joriy yilning 24-may kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub'ektlari o‘rtasida seminar o‘tkazildi.
Seminarda qatnashgan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshlig‘i Ibadullaev Bobur Kamiljanovich ishtirokchilarga O‘zbekiston biznesining korrupsiyaga qarshi Xartiyasi, uning mazmun-mohiyati to‘g‘risida atroflicha axborot berdi.
O‘z nutqi davomida B.Ibadullaev Xartiya qoidalari biznes yuritishda antikorrupsion madaniyatni shakllantirish, tadbirkorlarning huquqiy ongini va qonunga itoatkorligini oshirishga xizmat qilishini alohida ta'kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, biznes yuritish uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, Xartiyani qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad va unga qo‘shilish tartibi hamda korrupsiya xavflarining oldini olishdagi ro'li haqida ishtirokchilarga atroflicha tushuntirish berdi.
26.05.2022
15:19