Avstriya ishbilarmonlari delegasiyasi bilan biznes muloqot o‘tkazildi
2022-yil 30-may - 3 iyun kunlari Avstriya biznes delegasiyasining “Austria Connect Central Asia” shiori ostida O‘zbekistonga tashrifi davomida 2022-yil 31-may kuni Avstriyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida O‘zbekiston-Avstriya ishbilarmonlarining “B2B” formatidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Avstriya tomonidan metallni qayta ishlash, innovatsiya, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, turizm, uskuna va jihozlarni yetkazib beruvchi va boshqa sohalardan 28 ta kompaniya va O‘zbekiston tomonidan 100 nafarga yaqin kompaniyalar ishtirok etdilar.
“B2B” muloqot davomida ikki davlat ishbilarmonlari savdo-iqtisodiy va investisiyaviy yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, respublikamizga Avstriyadan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun uskunalarni yetkazib berish hamda hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama etdilar.
01.06.2022
08:50