TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATINI TEKSHIRUVCHI MANSABDOR SHAXSLAR TEKSHIRISH HUQUQINI BERISH YUZASIDAN ATTESTASIYADAN O‘TKAZILDI
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 920-sonli Qarori asosida tasdiqlangan “Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida Palataning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi vakili mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan o‘tkaziladigan attestasiya jarayonlarida komissiya a'zosi sifatida ishtirok etib kelmoqda.
Joriy yilning 2-iyun kuni Soliq qo‘mitasining Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida o‘tkazilgan attestasiya jarayonlarida Palataning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Abdullaev komissiya a'zosi tarkibida ishtirok etdi.
Attestasiya komissiyasi tomonidan attestasiyadan o‘tuvchi 7 nafar xodimlar haqidagi tavsifnoma va savollarga berilgan javoblarni inobatga olgan holda har bir attestasiyadan o‘tuvchi xodimga nisbatan ochiq ovoz berish yo‘li bilan qaror qabul qilindi.
Attestasiya komissiyasi tomonidan attestasiyadan o‘tmagan deb hisoblangan 1 nafar xodim takroriy attestasiyaga tayyorlanishi tavsiya etildi va unga qadar ushbu xodimga tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish man etildi.
06.06.2022
10:13