• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazilgan yana bir normativ-huquqiy hujjat loyihasi xususida

    “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasida belgilangan Savdo-sanoat palatasining qonun ijodkorligi sohasidagi vakolatlarini amalga oshirgan holda, Palata tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalari yuzasidan Jamoatchilik ekspertizalari o‘tkazilib, ularning tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholagan holda, salbiy hamda ijobiy xarakterdagi Xulosalar berib kelinmoqda.

    Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 388 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi Palata tomonidan ko‘rib chiqilib, Jamoatchilik ekspertizasi xulosalari berildi.

    Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi  Qonuni (ID-61282) loyihasi  jamoatchilik ekspertizasidan  o‘tkazilib, u yuzasidan quyidagicha Jamoatchilik ekspertizasi xulosasi berildi:

    Loyiha bilan amaldagi Jinoyat va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

    Bunda, Jinoyat kodeksining 44 va 184-moddalari va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksning 25, 22724, 22725 va 22726 - moddalari sanksiya qismi “yetkazilgan zarar miqdorining bir baravari” so‘zlari bilan to‘ldirilmoqda.

    Ya'ni, loyihada keltirilgan moddalardagi noqonuniy hatti-harakatlar uchun yetkazilgan zarar miqdorining bir baravari miqdoridagi jarimalar belgilanmoqda.

    Ushbu bilan, amaldagi Jinoyat kodeksining 44 va 184-moddalari va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksning 25, 22724, 22725, 22726 - moddalarida o‘rnatilgan sanksiya qismida aybdor yoki huquqbuzar zimmasiga yetkazilgan zarar miqdorining bir baravarini to‘lash yuklatilmoqda.

    Qonun loyihasi yuzasidan taqqoslama jadvalda mazkur o‘zgartirishlar bojxona to‘lovlarini qasddan to‘lanmaganligi oqibatida davlat byudjetiga yetkazilgan zarar miqdorining oshib borayotganligi bilan aoslantirilgan.

    Vaholanki, jinoyat huquqiga muvofiq, zarar da'vo predmetiga oid tushuncha bo‘lib, uni davlat tomonidan qo‘llaniladigan javobgarlik masalasi bilan adashtirmaslik zarur.

    Shuningdek, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 38-moddasida ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs ma'muriy huquqbuzarlik oqibatida keltirilgan zararni qoplashi shartligi belgilangan.

    Bundan tashqari,Jinoyat prosessual kodeksi 392-moddasi uchinchi qismiga muvofiq tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi jinoyatning oldini olish yoki uning sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, dalillarni to‘plash va saqlash, jinoyat sodir etishda gumon qilinganlarni ushlash va yashiringan gumon qilinuvchilarni qidirib topish hamda jinoyat tufayli yetkazilgan mulkiy zararning o‘rni qoplanishini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan, kechiktirib bo‘lmaydigan barcha harakatlarni amalga oshirishi shart.

    Shu bilan birga, ushbu Kodeks 398-moddasiga ko‘ra, “Sudya surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilganda jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zararning o‘rni qoplanishini ta'minlash choralari ko‘rilmaganligini va bunday choralar bevosita sud tomonidan ko‘rilishi mumkin emasligini aniqlagach, o‘z ajrimi bilan surishtiruvchining yoki tergovchining zimmasiga zarur choralar ko‘rish vazifasini yuklaydi”.

    Qo‘shimcha ravishda, Jinoyat kodeksining 88-moddasi 1-qism “b” kichik bandiga asosan o‘n olti yoshga to‘lgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni o‘z mablag‘i hisobidan yoki mehnati bilan to‘lash yoki bartaraf qilish majburiyati yuklanadi. Ushbu chora agar yetkazilgan zarar belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan oshib ketmagan bo‘lsa qo‘llaniladi. Boshqa hollarda yetkazilgan zarar fuqaroviy huquqiy tartibda undiriladi.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, loyihani ushbu tahrirda qabul qilish maqsadga muvofiq emas.

    10.06.2022

    09:38

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06