Turizm transporti sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan uchrashuv
Joriy yilning 17-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasi raisining o‘rinbosari J.A. Mamajanov bilan O‘zbekiston turizm transporti uyushmasi a’zolari o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, malakatimizda turizm transporti sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Uchrashuvda turizm transporti uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va loyihalar to‘g‘risida axborot berildi va Palata raisi o‘rinbosari tomonidan soha bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslar yuqori baholanib uyushma va palata o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, transporti sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga maxsus stikerlar o‘rnatgan holda, ular uchun Turizm xizmatlari. Turizm sohasida navigatsiya tizimining axborot belgilari O‘z DSt 3331:2018 standarti bilan tasdiqlangan (6. Turist avtobusi/Tourist bus) belgisini tegishli joylarga o‘rnatish va ushbu joylarda stikeri mavjud transport vositalarini vaqtincha to‘xtab turishiga ruxsat berishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga kelishib olindi.
Mamlakatning har bir hududida turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi transport tashkilotlari haydovchilarining turistlarga sifatli va xavfsiz xizmat ko‘rsatish, turizm madaniyatini shakllantirish borasidagi o‘quv-seminarlarini tashkil etish, xorij tajribasi asosida grantlarni jalb etgan holda yangi loyihalarni amalga ishirish va amaliyotga tatbiq etish, shu bilan birga respublikaning Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Buxoro va boshqa viloyatlardagi yirik davlat bojxona chegara nuqtalarida yangi turistik axborot markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan hamkorlik qilish yuzasidan rejalar tuzildi.
20.06.2022
11:51