Ozarbayjon Respublikasiga tashrif
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʼrinbosari F.Toshpoʼlatov boshchiligidagi 20 dan ortiq tadbirkorlar Ozarbayjon Respublikasiga 19-22 iyunь kunlari tashrifni amalga oshirmoqdalar.
Tashrifdan asosiy maqsad tomonlar oʼrtasida yangi savdo iqtisodiy hamkorlikni oshirishdir. Shu maqsadda 2022 yilning 20 iyunь kuni Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi iqtisodiy zonalarni rivojlantirish agentligi direktori oʼrinbosari Elxan Shiriev va masʼullar ishtirokida uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuv davomida tomonlarning hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollari boʼyicha soʼz yuritildi.
21.06.2022
10:34