O‘zbekistonlik tadbirkorlarning “Azersun Holding” korxonasiga tashrifi
Palata raisi o‘rinbosari F.Toshpo‘latov rahbarligida Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib turgan tadbirkorlik sub'ektlaridan iborat delegasiya “Azersun Holding” korxonasiga tashrif buyurishdi.
Mazkur korxona ko‘p tarmoqli bo‘lib, qishlok xo‘jalik maxsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash, konserva mahsulotlarini tayyorlash, shuningdek, shakar, sut va sut mahsulotlari hamda yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishi, korxonaning mazkur mahsulotlarni ishlab chiqarish quvvati kunlik 40 tonnani tashkil qilishi to‘g‘risida axborot berildi.
Shu bilan birga, xolding tomonidan karton, offis va xo‘jalik qog‘ozi ishlab chiqarilishi, kunlik ishlab chiqarish quvvati 15 ming tonnani tashkil etilishi to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘lindi.
Bundan tashqari qishloq xo‘jalik maxsulotlarni ekish uchun yerlarni tayyorlash, qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlarni innovasion texnologiyalarga o‘rgatish tizimi yo‘lga qo‘yilgani, chorva hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashi yig‘ilish qatnashchilariga ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, tashrif ishtirokchilari Sumgat kimyo sanoat parkida bo‘lib, u yerda amalga oshirilayotgan loyihalar, shu jumladan shisha ishlab chiqarish liniyasi faoliyati bilan tanishishdi.
22.06.2022
09:21