“Berkemann GmbH” kompaniyasi bosh direktori bilan uchrashuv
Joriy yilning 16 avgust kuni Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʼrinbosari I.Jasimov hamda “Berkemann GmbH” kompaniyasi bosh direktori Tomas Bauerfaynd (Thomas Bauerfeind) oʼrtasida uchrashuv boʼlib oʼtdi.
“Berkemann GmbH” 1885 yil tashkil qilingan boʼlib, asosan yengil yozgi oyoq kiyimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashagan. U Germaniya miqyosida yiliga 10-50 mln.evro aylanmaga ega bor oʼrta oilaviy kompaniyalar roʼyhatiga kiradi. Hozirda ushbu kompaniyani fabrikalarida 600 dan ortiq odam xizmat qiladi.
Oʼzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tashrifning asosiy maqsadi Oʼzbekiston charm sanoati imkoniyatlari va eksport salohiyani oʼrganish va oʼz brendi ostidagi mahsulotlarni mahalliy korxonalarda autsorsing tizimida ishlab chiqarish masalasini oʼrganib chiqishdan iborat.
SSP matbuot xizmati
16.08.2022
17:50