"Talabalar uchun Tadbirkor, Tadbirkor uchun Talaba"
Joriy yil 17-sentabr kuni Savdo-sanoat palatasi hamkorligida Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida tо‘qimachilik sanoati ishbilarmonlari va talabalar о‘rtasida birinchi ochiq konferensiya yig‘ilishi bо‘lib о‘tdi.
Uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi raisi, institut rektori Davron Vaxabov boshchiligida bir guruh nufuzli tadbirkorlar jamoasi, o‘quv yurti prorektor, dekan, kafedra mudir va bo‘lim boshliqlari, talabalar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda institutni rivojlantirish, o‘quv jarayonlarining tashkil etilishi, ta’lim sifati, nazariyani amaliyotga bog‘lash, talabalarni ish bilan ta’minlash, shu bilan bir qatorda, tadbirkorlarga kerakli professional mutaxassislarni yaratish va boshqa masalalar yuzasidan o‘zaro erkin fikr-mulohazalar almashildi.
Muloqotda xodimlar va talabalar tomonidan yo‘llangan savol va takliflarga atroflicha yechim berildi.
19.09.2022
09:13