Turizm masalalari qoʼmitasi Ekspertlar kengashining navbatdagi uchrashuvi
Joriy yilning 24 sentyabr kuni Turizm masalalari qoʼmitasi Ekspertlar kengashining navbatdagi uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
Uchrashuv Toshkent shahridagi "Hampton by Hilton" mehmonxonasida tashkil etilib, unda 15 dan ortiq sohaning yetuk va tajribali tadbirkorlari ishtirok etdi.
Uchrashuv chogʼida mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 19 sentyabr kuni oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida koʼtarilgan masalalar va ularning yechimi borasida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflarning inobatga olinishi alohida eʼtirof etildi.
Bundan tashqari, sohada oʼz yechimini kutayotgan bir necha muammolarning yechimi buyicha takliflar ishlab chiqildi. Xususan, turizm sohasidagi xizmatlarda QQSning mavjudligi va uning qaytarilish zanjirining yoʼqligi, turistik yigʼimning qayta joriy etilishi, mehmonxona xizmatlarini sertifikatlashtirish tizimining zamonaviy biznes qoidalariga nomutanosibligi, xalqaro va mahalliy aviachiptalar, temir yoʼl chiptalarining juda qimmatligi, xalqaro aviatashuvlar sohasida mutlaq monopoliyaning mavjudligi kabi tizimli muammolar sohaning barqaror rivojlanishi uchun asosiy toʼsiqlar sifatida tadbirkorlar tomonidan eʼtirof etildi.
SSP matbuot xizmati
26.09.2022
17:54