Rossiyaning Primorskiy oʼlkasiga sabzavotlar eksportini yoʼlga qoʼyish muhokama etildi
Joriy yil 7 oktyabr kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan Oʼzbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi, Palata vakillari va mahalliy eksportyorlar ishtirokida Oʼzbekiston va Rossiya oʼrtasida savdo aylanmalarini oshirish va yurtimiz meva-sabzavotlarini Rossiyaning Primorskiy oʼlkasiga eksportni yoʼlga qoʼyish boʼyicha onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Rossiyaning Uzoq Sharq hududlariga yangi uzilgan sabzavotlar eksportini yoʼlga qoʼyish, shuningdek mahalliy mahsulotlarni “Briston” va “Saber” kabi yirik savdo tarmoqlariga yetkazib berishni tashkil etish hamda kelajakda Rossiyaning Saxalin va Kamchatka oʼlkalariga respublikamizdan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish masalasi koʼrib chiqildi.
Uchrashuv yakunida Tomonlar mahalliy tadbirkorlarni joriy yil oktyabrь oyining soʼnggi xaftasida Vladivostok shahriga muzokaralar oʼtkazish uchun amaliy tashrifini tashil etishga kelishib oldilar.
SSP matbuot xizmati
07.10.2022
15:53