O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida iqtisodiy aloqalar mustahkamlanmoqda
Joriy yilning 12 oktabr kuni Turkiya Iqtisodiy tadqiqotlar jamg‘armasi Bosh kotibi Naxit O‘zen Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari Baxtishod Hamidov bilan uchrashdi.
Uchrashuv O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkil etilib, joriy yilning 24-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yangi ufqlari” simpoziumi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Simpozium kirish, axborot va panel sessiyalaridan iborat bo‘lib, ikki mamlakat ilmiy va ishbilarmon doiralari ishtirokida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
SSP matbuot xizmati
12.10.2022
16:35