Oʼzbekistonlik ishbilarmon doira vakillarining Xindistonga tashrifi
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi boshchiligida oʼzbekistonlik ishbilarmon doira vakillari joriy yilning 15-18 oktyabrь kunlari Hindistonning Bxadoxi shahrida boʼlib oʼtgan INDIA CARPET EXPO – 43-chi Gilamchilik koʼrgazmasida qatnashdilar.
Hindiston hukumati Savdo hamda Toʼqimachilik vazirliklari koʼmagida Gilam eksportini qoʼllab-quvvatlash kengashi tomonidan 2001 yildan buyon yilliga ikki marta mamlakatning turli shaharlarida oʼtib kelinayotgan ushbu nufuzli koʼrgazma gilamchilik, xususan qoʼlda toʼqilgan gilamlar sohasidagi Osiyodagi eng yirik tadbirlardan biri hisoblanadi.
Tashkilotchilarning maʼlumotlariga koʼra, yarmarkada 300 dan ortiq mahalliy hamda xorijiy kompaniyalar oʼz koʼrgazma mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Koʼrgazmaga 10 mingdan ortiq, jumladan 50 ga yaqin mamlakatdan 400 dan ziyod odam tashrif buyurdi.
Oʼzbekistonlik tadbirkorlar tadbir doirasida Hindistonning gilam ishlab chiqarish sohasidagi yirik kompaniyalari bilan “V2V” uchrashuvlar oʼtkazib, mamlakatimizning gilamchilik sohasidagi boy madaniy merosini namoyish etishdi hamda gilam xaridorlariga oʼzbek gilam toʼquvchilarining mahoratini targʼib qilishdi.
Hind kompaniyalari mamlakatimizning soʼnggi yillarda toʼqimachilik, xususan gilamchilik sohasida erishayotgan katta yutuqlarini yuqori baholagan holda oʼzlarining oʼzbekistonlik hamkasblari bilan toʼgʼridan-toʼgʼri aloqalarni oʼrnatishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.
SSP matbuot xizmati
19.10.2022
12:02