«Opora Rossii» Kengashi raisi bilan uchrashuv
Joriy yilning 27 oktabr kuni Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʼrinbosari I.Jasimov don kompleksini rivojlantirish masalalari boʼyicha «Opora Rossii» Kengashining raisi S.Sokolov hamda «Minchurinskaya mukomolnaya kompaniya» sotuv boʼyicha direktori Y.Utesheva bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Asosiy maqsad ikki davlatning agrosanoat salohiyatidan kelib chiqqan holda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va faol rivojlantirishdan iborat.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonning un va omuxta yem korxonalari bilan kelgusida samarali va tizimli aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli masalalari muhokama qilindi.
SSP matbuot xizmati
27.10.2022
12:32