Yangi farmon loyihasi jamoatchilik asosida muhokama qilindi
Joriy yilning 4 noyabrda kuni Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʼrinbosari I.Jasimov ishtirokida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subʼektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni loyihasi keng jamoatchilik asosida tadbirkorlik subʼektlarining vakillari ishtirokida muhokama qilindi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subʼektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni (PFL-589/22) loyihasi yuzasidan tadbirkorlik subʼektlari takliflari muhokama qilinib, yozib olindi.
Mazkur Farmon loyixasining 3-bandiga muvofiq tadbirkorlik subʼektlari birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etganda moliyaviy sanktsiya choralari qoʼllanilmasligi hamda huquqbuzarliklarni aniqlagan tegishli nazorat qiluvchi organlari tomonidan ularni bartaraf etishga qaratilgan va huquqbuzarlikka yoʼl qoʼyilishini oldini olish boʼyicha profilaktika tadbirlari hamda tekshirishga oid yangiliklar Boshqarma boshligʼi B.Ibadullaev tomonidan tadbirkorlik subьektlariga tushunchalar berildi.
SSP matbuot xizmati
07.11.2022
11:05