Polshalik tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasida logistika, yuklarni tashish va saqlash sohasida yetkachi sanalgan Polьshaning “RK Global” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv oʼtkazildi.
Uchrashuvda tomonlar Oʼzbekiston va Polsha oʼrtasida oʼzaro savdo-sotiq aloqalarini kengaytirish, Oʼzbekiston mahsulotlarini Polsha va Yevropa Ittifoqi davlatlariga yetkazib berish hamda transport-logistika sohalarida hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.
Polsha tomoni respublikamizdan tayyor tekstil mahsulotlari, energiya resurslarini xarid qilish va Yevropa bozoriga yetkazib berish borasida katta qiziqishga ega ekanligini taʼkidlab oʼtib, Oʼzbekiston bilan Polsha va Yevropa Ittifoqi davlatlariga istiqbolli tovarlarni eksport qilishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuvda Polsha kompaniyasi vakillari oʼzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi hamda kelgusida oʼzaro hamkorlik qilish boʼyicha muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.
SSP matbuot xizmati
23.11.2022
09:27