To‘qimachilik mahsulotlarini AQSH bozoriga eksport qilish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Joriy yil 25 noyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi bilan birgalikda to‘qimachilik sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar uchun to‘qimachilik mahsulotlarini AQSH bozoriga eksport qilish bo‘yicha “Sandler, Travis & Rosenberg, P.A.” (STR) konsalting korxonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahobov ishtirok etdi.
“STR” korxonasi AQShning xalqaro savdo sohasiga ixtisoslashgan yirik xalqaro korxonalardan biri hisoblanadi.
Korxona Dominikan Respublikasi, Kolumbiya, Gonduras, Kambodja va Efiopiyada to‘qimachilik sanoatining eksport salohiyatini oshirishga yordam bergan, shuningdek, Walmart, Nike, Gap, Nordstrom, PVH, Tapestry kabi to‘qimachilik va kiyim-kechak brendlari hamda chakana savdo do‘konlari bilan ishlashda katta tajribaga ega.
AQSH, Kanada va Yevropa Ittifoqidagi brendlarning O‘zbekistonning ishlab chiqarish salohiyati haqida xabardorligini oshirish, shuningdek, to‘qimachilik sohasida sanoat taqdimotlari va mintaqaviy tadbirlarni o‘tkazishda “STR” korxonasi bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
SSP matbuot xizmati
28.11.2022
11:01