Savdo-sanoat palatasi raisiga oʼrinbosar tayinlandi
Oʼroqov Jamshed Rajabovich – Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʼrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Jamshid Oʼroqov 1972 yili Samarqand shahrida tugʼilgan, iqtisod fanlari nomzodi. 2009-2014 yillarda Samarqand viloyati hokimi oʼrinbosari sifatida ishlagan. 2015-2017 yillarda Savdo-sanoat palatasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshligʼi boʼlgan, 2017 yildan 2019 yilgacha palata raisining oʼrinbosari sifatida ishlagan.
Tayinlovga qadar u Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha birinchi oʼrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
SSP matbuot xizmati
26.12.2022
12:19