2022 yilda Palataning Сall-markaziga kelib tushgan murojaatlarning sarhisobi
2022-yilda Palataning yagona raqami 150-60-06 hamda 1094 “Ishonch telefoniga” jami 1 170 ta murojaat kelib tushgan boʼlib, ushbu murojaatlarga boʼlim xodimlari tomonidan tezkor ravishda javob berildi. Palataning 150-60-06 yagona raqamiga 12 oy davomida jami 37 609 ta kirish qoʼngʼirogʼi qabul qilindi.
Ushbu 12 oy davomida oyida Hududiy boshqarmalar hamda TKM xodimlari tomonidan sanoat korxonalarida oʼtkazilgan soʼrovnomalarni umumlashtirish, koʼrsatilgan maʼlumotlar hamda muammolarning toʼgʼri ekanligini aniqlashtirish boʼyicha “Call Center” АMB xodimlari tomonidan oʼrganish ishlari olib borildi. 12 oy davomida HB hamda TKM xodimlari tomonidan 10 484 ta korxonada soʼrovnoma oʼtkazildi va muammolari oʼrganib chiqildi. “Call Center” АMB tomonidan esa har oy oxirida ushbu maʼlumotlarning hamda soʼrovnomada belgilangan muammolarning toʼgʼri ekanligini soʼrovnoma toʼldirgan tadbirkorlar bilan telefon orqali bogʼlanib aniqlandi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti uchun 21-iyun sanasidan 20-avgust sanasiga qadar tadbirkorlardan umumiy xisobda 12 015 ta murojaat kelib tushgan boʼlib, ushbu 12 015 ta murojaatlarning 83,3% Call markaz orqali, 16,7% taklif2022.uz sayti orqali qabul qilingan.
Murojaat qoldirgan shaxslarning tashkiliy-xuquqiy shakllari tahlil qilinganda 9 581 ta (73,3%) murojaatlar yuridik shaxslardan, 2108 (16,1%) jismoniy shaxslardan va 1 388 (10,6%) jismoniy shaxs boʼlgan tadbirkorlik subʼektlaridan qoldirildi.
Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytiga dushanbadan-juma kuniga qadar soat 08:00-18:00 ga kelib tushayotgan turli yoʼnalishdagi savollarga unitar korxona malakali mutaxassislari tomonidan maʼlumotlar taqdim qilinib kelinmoqda. 2022 yilning 12 oyi davomida umumiy hisobda 192 ta murojaat kelib tushganligini aniqlandi. Ushbu 192 ta murojaatlarning 117 (60,9%) nafari maxalliy tadbirkorlar va 75 (39,1%) nafari xorijiy murojaatchilar.
SSP matbuot xizmati
06.01.2023
16:53