Mo‘g‘iliston va Tojikiston delegatsiyalarining Palataga tashrifi
Joriy yilning 22-26 yanvar kunlari Mo‘g‘iliston va Tojikiston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida 25-yanvar kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida delegatsiya va SSP vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuv “2030 yilgacha Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlarga erishish borasidagi O‘zbekistonning ikkinchi Ixtiyoriy Milliy Hisobotini (IMH) tayyorlash bo‘yicha” chora-tadbirlar rejasining 6-bandiga asosan IMH tayyorlash bo‘yicha malaka oshirish va tajriba almashish uchun tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Tojikiston va Mo‘g‘uliston delegatsiyalari vakillariga Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlarga erishish uchun O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan olib borilayotgan ishlar va tadbirlar haqida so‘zlab berildi, shuningdek tegishli mavzular to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi.
SSP matbuot xizmati
26.01.2023
16:26