Genderga oid audit bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Joriy yilning 31-yanvar kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyalarining Malaka oshirish institutida Genderga oid auditni o‘tkazuvchi mutaxassislar uchun amaliy o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘quv seminarida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining masʼul xodimi M.Muyitdinova ishtirok etdi.
Ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2022-yil 16-dekabrdagi №10/1-3223-son topshirig‘i bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqidagi 2022 yil 15 dekabrdagi O‘RQ-809-son qonunini amalga oshirish mexanizimiga bag‘ishlangan edi.
SSP matbuot xizmati
31.01.2023
18:02