Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Joriy yilning 13 fevral kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va ABC Lab.Inc. (Agri-biz Convergence Lab) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
ABC Lab.Inc. 2013-yilda Kengi-do (Koreya) shahrida tashkil etilgan bo‘lib, kompaniya qishloq xo‘jaligi obʼektlarini loyihalash, ekspluatatsiya qilish, shuningdek, konsalting xizmatlarini ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritadi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston meva-sabzavot kompleksida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega eksportbop mahsulotlarni qayta ishlash va ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion texnologiyalarni jalb etgan holda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan iborat edi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi kelgusida ham ABC Lab.Inc. bilan loyiha ustida ishlash hamda agrosanoat sohasida hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini maʼlum qildi.
SSP matbuot xizmati
14.02.2023
09:11