Misr ishbilarmonlar uyushmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 13 fevral kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Misr ishbilarmonlar uyushmasi vakillari o‘rtasida videokonferensaloqa orqali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Misr ishbilarmonlari uyushmasi 18 ta qo‘mitadan iborat bo‘lib, asosan sanoat, qishloq xo‘jaligi, bank va moliya, energetika, ekologiya, axborot texnologiyalari, ko‘chmas mulk, turizm, fuqaro aviatsiyasi, transport va boshqa sohalardagi 500 ta aʼzolar 1300 ta yirik Misr kompaniyalarini namoyon etadi.
Uchrashuv davomida Misrga bo‘lajak tashrif bilan bog‘liq masalalar va rejalar, xususan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Misr ishbilarmonlari uyushmasi o‘rtasida ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni imzolash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari va mamlakatlarimiz ishbilarmon doira vakillari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
SSP matbuot xizmati
14.02.2023
10:27