PREZIDENT QARORI IJRODA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023 yil 23 yanvardagi PQ-15-son qarorida Palataga berilgan har bir vakolat va yuklatilgan vazifalar yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
1. Qarorning 1-bandi bilan Savdo-sanoat palatasiga berilgan vakolatlar hamda 4-bandi bilan o‘rnatilgan yangi tartiblar “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi kiritildi.
2. Qarorning 2-bandi kichik va o‘rta tadbirkorlik subʼektlari Palata aʼzoligiga tekin qabul qilinishi belgilangan bo‘lib, 17 fevral holatiga respublika bo‘yicha jami 678 ta tadbirkorlik subʼektlari Palata aʼzoligiga tekin qabul qilindi.
Tekin aʼzolarga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun moliyaviy xarajatlarni qoplash maqsadida Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga davlat subsidiyasi bo‘yicha talabnomlar yuborildi.
3. Qarorning 5-bandida nazarda tutilgan jamoatchilik asosida tarmoqlar kesimida tashkil etiladigan qo‘mitalarning namunaviy tarkibi shakllantirildi va ular iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan uyushmalar raisilari bilan kelishish jarayonida.
4. Tadbirkorlar bilan joylarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida Palataning hududiy boshqarmalari huzurida jamoatchilik asosida Tadbirkorlik kengashlari tashkil qilinishi qarorning 6-bandida belgilangan bo‘lib, hozirda har bir hudud bo‘yicha kengash aʼzoligiga kiritiladigan biznes vakillari ro‘yxati shakllantirildi.
5. Respublikaning 23 ta tumanida “Tadbirkorlar xiyobonlari” tashkil qilish bo‘yicha qarorning 7-bandida berilgan topshiriq yuzasidan hozirda hududiy hokimliklar bilan muzokaralar olib borilmoqda va xiyobonlarni tashkil qilish manzillari kelishilmoqda.
Qarorning 8-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida, Palataning tashkiliy tuzilmasi, uning ijroiya qo‘mitasi, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar)lar bo‘limlari tuzilmalari Palata raisi tomonidan uning Rayosati bilan kelishgan holda tasdiqlanishi belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, Palata Rayosati yig‘ilishida kelishilgan holda joriy yilning 10 fevral kuni Palata raisining 19 “A”-son buyrug‘i bilan Palataning tashkiliy tuzilmasi, uning ijroiya qo‘mitasi, hududiy boshqarmalari, tuman (shahar)lar bo‘limlari tuzilmalari tasdiqlandi (tuzilmalar bilan tanishish).
Shuningdek, o‘z vazifalarini samarali va masʼuliyat bilan bajaradigan kadrlar bilan to‘ldirilishini taʼminlash maqsadida Palata Ijroiya qo‘mitasining ishchi guruhi tomonidan 9 ta hududda nomzodlar bilan suhbatlar o‘tkazildi va suhbatlar natijasida tanlab olingan nomzodlar maxsus komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqildi va maʼqullandi.
6. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga Prezident qaroridan kelib chiqadigan o‘zgarishlar bo‘yicha loyihalar ishlab chiqildi. Jumlalan, PQ-15-sonli qaror bilan 5 ta Kodeksga, 2 ta Qonunga, 3 ta Prezident hujjatlariga, 3 ta hukumat qarolariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida loyihalar ishlab chiqildi va kelishish uchun project.gov.uz portaliga qo‘yildi.
Qaror ijrosini taʼminlash ishlari davom etmoqda.
SSP matbuot xizmati
18.02.2023
17:45