O‘zbekiston – Ispaniya o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi
Joriy yilning 17 fevral kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Ispaniya elchixonasi Savdo attashesi Xuan-Migel Markes boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan O‘zbekiston – Ispaniya o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuvda Ispaniya – O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning joriy holati va kelgusida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, joriy yil mart oyida Toshkent shahrida ikki davlat ishbilarmon doiralari ishtirokida O‘zbek-Ispan Biznes-forumi va B2B formatidagi uchrashuvlarni tashkil etish, bu tadbirga Ispaniya va O‘zbekistonda yetakchi kompaniyalarni jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tadbirda bo‘lajak qo‘shma biznes-forum doirasida ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda oziq-ovqat, tekstil, charm-poyafzal, qishloq xo‘jaligi, suv va energiya resruslaridan oqilona foydalanish texnologiyalari, turizm va axborot texnologiyalari sohalarida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini faollashtirish va bu borada qo‘shima loyihalarni amalga oshirishga ko‘proq eʼtibor qaratishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kutilayotgan biznes-forumni tashkil etish borasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini davom ettirishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.
SSP matbuot xizmati
20.02.2023
11:36