Misr zargarlik sanoati vakillari Toshkentdagi korxonalar bilan tanishdi
Misr Arab Respublikasi zargarlik sanoatining yetakchi vakillari Oʻzbekistonga tashrifi davomida 27-fevral kuni 3 ta tanishuv jarayoni va 2 ta uchrashuv oʻtkazdi.
Jumladan, Misr Zargarlik qoʻmitasi raisi Ixab Vassef, “Kirmena Jewellery” kompaniyasi taʼsischisi Mamdux Abdalla Gabala, “King Gold” taʼsischisi Shaker Fayzi Shaker hamda “Helwan” universiteti professori Karam Mosaad Axmed Moxamed Farag kunning birinchi yarmida “Gold Moon Tashkent”, “Uzgold Jewellery” hamda “Silkway Jewellery Manufacture” korxonalarini borib koʻrdi.
Kunning ikkinchi yarmida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohatlar markazi rahbari Obid Hakimov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Misrlik mutaxasisislarning mamlakatimizga tashrifi davom ettirilmoqda va 28-fevral kuni mehmonlar Olmaliq kon metallurgiya kombinati hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutiga, shuningdek 1-mart kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurishi va viloyat hokimi hamda viloyatdagi hunarmand va zargarlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
SSP matbuot xizmati
28.02.2023
13:48