Jazoir Elchisi bilan uchrashuv
Joriy yilning 14-mart kuni Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahаbov va Jazoir Xalq demokratik Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Gennad Bumeden o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, xususan, to‘qimachilik, transport-logistika va import sohalaridagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Davron Vaхabov ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari o‘rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish hamda ishbilarmon doira vakillarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishlari muhimligini taʼkidladi.
SSP matbuot xizmati
14.03.2023
17:54