Slovakiya Elchisi bilan uchrashuv
Joriy yilning 14-mart kuni Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov va Slovakiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Viktor Boretski o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, xususan, kimyo sanoati, to‘qimachilik sanoati, elektrotexnika sanoati, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ushbu mamlakatlarning investitsiyaviy salohiyati muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma tadbirlarni rejalashtirish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining o‘zaro tashriflarini faollashtirish zarurligi yuzasidan fikr almashdilar.
SSP matbuot xizmati
14.03.2023
18:00