ANCOR kompaniyasi bosh direktori bilan uchrashuv
Joriy yilning 14-mart kuni Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahabov va ANCOR kompaniyasi bosh direktori Sergey Salikov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
ANCOR kompaniyasi Xalqaro kompaniya bo‘lib, 30 yildan ortiq tajribaga ega. O‘zbekistonda 2018 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. ANCOR mijozlarga autsorsing, ishga yollash va konsalting sohasida yechimlarni taklif etadi. O‘zbekistonda har yili 150 dan ortiq kompaniya ANCOR xizmatlaridan foydalanadi va 1000 dan ortiq nomzod doimiy va vaqtinchalik ish bilan taʼminlanib kelmoqda.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari va kelgusi rejalar muhokama qilindi, xususan, ushbu kompaniya vakillari yig‘ilish ishtirokchilarini kompaniya faoliyati bilan tanishtirib, o‘z xizmatlarini taklif qildi.
SSP matbuot xizmati
15.03.2023
11:31