Italiyaning yetakchi mebel ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlik aloqalari oʼrnatilmoqda
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12-13 may kunlari Fargʼona viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqqa koʼra Buvayda tumani, “Choʼmbogʼish” mahallasida “Mebelchilik, eshik-rom, duradgorlik mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish savdo kompleksi” samarali tashkil etish, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hamda brend mahsulotlar yaratishni rivojlantirish maqsadida Italiya bilan hamkorlik aloqalari oʼrnatilmoqda.
Shu munosabat bilan Italiyaning mebelsozlik sanoatidagi tajribasini oʼrganish maqsadida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Italiyaning “Cappellini Intagli Srl”, “Gerola Mobili Snc”, “Simply Nature” yetakchi mebel ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari, Oʼzbekistonning Italiyadagi elchixonasi va Fargʼona viloyatidagi mebelsozlik sohasidagi tadbirkorlari ishtirokida “Oʼzbekistan va Italiyaning mebelsozlik sohasida oʼzaro tajriba almashish va hamkorlk qilish istiqbollari” mavzusida onlayn vebinar boʼlib oʼtdi.
SSP matbuot xizmati
23.03.2023
15:17