Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi xodimlari ishtirokida “Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va Konstitutsiyaviy komissiya aʼzosi Xusanova Muxtabar Akbarovna ishtirok etib, Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati hamda uning muhim jihatlari xususida maʼlumotlar berdi.
Ushbu tadbirda 780 ta O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi xodimlari ishtirok etdi.
SSP matbuot xizmati
29.03.2023
13:33