Sirdaryo viloyatida Xitoy biznes delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Xitoyning 20 nafar kompaniyalaridan iborat biznes delegatsiyasi bilan Sirdaryo viloyatida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Savdo-sanoat palatasi O‘zbekistonda o‘z investitsion faoliyatini boshlashga qiziqish bildirgan Xitoy kompaniyalari vakillarini qo‘llab-quvvatlashini va bu borada investitsion loyihani amalga oshirishda birgalikda hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Jumladan, Palata tomonidan kelgusida Xitoy kompaniyalari uchun O‘zbekistonda investitsion muhit va xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va preferensiyalar to‘g‘risida axborot-maslahatlarni berib borish, Xitoylik investorlar uchun mahalliy hamkorlarni jalb etish, tadbirkorlik subʼektlarini tashkil etish, soliq, bojxona qonunchiligi bo‘yicha maʼlumot olishda yordam berish hamda Xitoy biznes delegatsiyalari vakillari bilan mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida biznes muloqotlarni tashkil etishda hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Uchrashuvda Tomonlar elektron tijorat, plastmassa, transport va logistika sohasida Xitoy kompaniyalarining biznes takliflarini ko‘rib chiqish va ularning loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish borasida birgalikda harakat qilishlari belgilab olindi.
SSP matbuot xizmati
05.04.2023
17:33