Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Jamoatchilik Kengashi aʼzolari bilan joriy yilning 28 aprel kuni bo’lib o’tadigan Tadbirkorlik muammolarini yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yig’lishi yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 19 aprel kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D.Vaxabov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik Kengash aʼzolari va Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili ishtirokida “Tadbirkorlikni rivojlantirish va ulardagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan” videokonferensiya aloqasi orqali muhokama o‘tkazildi.
Ushbu muhokamada “Anglesey Food” MJCH taʼsischisi Zafar Xashimov, “Iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish markazi” direktori Yuliy Yusupov, Toshkent shahridagi “TRI-S-AUDIT” MJCH direktori Svetlana Golosova, “TEXNOPARK” MJCH direktori Sarvar Axadov, “Dentafill Plyus” MJCH direktori Sarkor Isanbayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “UY-Jay Qurilis” MJCH direktori Qutlыmurad Panayev, “Uztex group” MJCH direktori Fazliddin Sirojiddinov, Namangan viloyatidagi “Shust textile” xususiy korxonasi taʼsisichisi Jamshid Ismatullayev, Samarqand viloyatidagi “Sam Antep Gilam” QK direktori Kamol Abdulloyev va Surxondaryo viloyatidagi “Rasulov Toji” MJCH direktori Toji Rasulov qatnashdi.
Muhokama jarayonida Kengash aʼzolari tomonidan taklif va fikrlar bildirildi, yaʼni tekstil sohasini yanada rivojlantirish va muddati tugagan imtiyozlarni muddatini uzaytirish, soliq maʼmurchiligi, savdo va xizmat, agrar hamda farmatsevtika va etno-ekoturizimni rivojlantirish yuzasidan takliflar bildirildi.
Xususan;
- Y.Yusupov Soliq qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar natijasida tadbirkorlarning QQS guvoxnomasini bekor qilinishi va natijada QQS summalarini qaytarilishi yuzasidan takliflari;
- Q.Panayev tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida etno-ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha takliflari;
- S.Golosova tomonidan soliq hisobotlarni to‘ldirishda tadbirkorlarda yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan takliflar bildirib, xisobotlarni soddalashtirish va takomillashtirish takliflari;
- Surxondaryo viloyati “Rasulov Toji” MCHJ direktori T.Rasulov tomonidan agrar sohada suv tanqisligini inobatga olib, alternativ sug‘orish (yer osti suvlaridan foydalanish va davlat tomonidan subsidiyalar ajratish) tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflari;
- “Shust textile” XK taʼsischisi J.Ismatullayev tomonidan ilgari tadbirkorlik faoliyati uchun nohaq va asossiz ravishda javobgarlikka tortilgan tadbirkorlarni oqlash (hamda ko‘rilgan zararlarni qoplab berish) takliflari;
- “Dentafill Plyus” MCHJ direktori S.Isanbayev tomonidan farmatsevtika sohasida foydalaniladigan polietilen uchun 10 % aksiz solig‘ini va sertifikatlash jarayoniga uzoq vaqt sarflanayotganligini qayta ko‘rib chiqish takliflari;
- “Sam Antep Gilam” QK direktori K.Abdullayev tomonidan sho‘rlangan yerlarda ekilgan ko‘chatlarga sarflangan mablag‘larning 50% miqdorini davlat tomonidan subsidiyalash takliflari;
- “Uztex group” MCHJ direktori F.Sirojiddinov tomonidan chet eldan mutaxassislar jalb qilinganda ularning daromad solig‘idagi imtiyozlarni tiklash hamda bojxona bojlarni maqbullashtirish yuzasidan takliflari;
- “Anglesey Food” MCHJ taʼsischisi Z.Xashimov Savdo va xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini taqdim etishini bildiridi.
- S.Golosova tomonidan oxirgi yildagi soliq qonunchiligi yuzasidan kiritilayotgan o‘zgartishlar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.
Yig‘ilish yakunida, Kengash aʼzolari kun tartibida masalalar yuzasidan tez kunda uchrashuv o‘tkazishni va natijasi bo‘yicha asoslangan takliflarni xukumatga kiritishni kelishib oldi.
SSP matbuot xizmati
19.04.2023
19:23