Sanoat yarmarkalari qachon va qayerda o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining 11.05.2023 yildagi “2023 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 195-son qarori qabul qilindi.
Yarmarka may oyining oxirida Samarqand viloyatida boshlanadi, yakunlovchi yarmarka esa dekabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini moliyalashtirish ushbu yarmarkalar tashkilotchilari va ularda ishtirok etuvchi tomonlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalida tarmoqlar va korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallarning ro‘yxati shakllantiriladi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2023 yilda hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini o‘tkazish reja-jadvali;
- 2023 yilda hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari rejasi;
- 2023 yilda respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari rejasi va boshqalar.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.05.2023 yildan kuchga kirdi.
15.05.2023
17:26