Tadbirkorlar manfaati himoya qilindi
Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi va Biznes-ombudsman devonining Qashqadaryo viloyatidagi sho‘basi mas’ul xodimlari tomonidan, tadbirkorlik subyektlarining soliq ma’murchiligi sohasida mavjud muammolari tahlil qilindi.
Tahlil natijasida tadbirkorlik subyektlarida noqonuniy tekshirish o‘tkazgan 15 nafar soliq organi mansabdor shaxslarga nisbatan 37 mln so‘mdan ortiq (37 290 000 so‘m) ma’muriy jarima jazosi qo‘llanildi.
Soliq organlari tomonidan tadbirkorlarga nisbatan noqonuniy hisoblangan 40 mlrd so‘mdan ortiq (47 571 624 813 so‘m) soliq va majburiy to‘lovlar bekor qilindi.
SSP matbuot xizmati
17.05.2023
09:11