SSP tizimidagi yuristlar faoliyati muxokamasiga bag'ishlangan yigilish bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 19 may kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisining birinchi o‘rinbosari I.Jasimov boshchiligida Palata tizimida faoliyat yuritib kelayotgan yuristlar bilan biznesning huquqiy himoyasi borasida mazkur hafta davomida amalga oshirilgan va kelgusi hafta qilinishi lozim bo'lgan ishlar muhokmasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek hisobot haftasida Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan:
- Palata a’zolari manfaatida 5421 ta da’vo arizalari kiritildi;
- 55 ta holatda tadbirkorlar o‘rtasida vujudga kelgan nizolar sudgacha hal etildi;
- 19 ta normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazildi, shundan 11 tasi bo‘yicha aniq takliflar bildirildi;
- 9 ta tadbirkorlik subyektlariga korrupsiyaga qarshi kurashish Xartiyasiga qo‘shilganligi to‘g‘risida sertifikatlar berildi;
- havo harorati keskin sovib ketishi oqibatida talofat ko‘rgan tadbirkorlarning murojaatlari asosida 6 ta fors-major holatini tasdiqlovchi sertifikatlar berildi;
- tumanlarda joyiga chiqqan holda jami 1327 nafar tadbirkor bilan uchrashuvlar o‘tkazildi va Palata faoliyati to‘g‘risida tushuntirishlar berildi;
- tuman (shahar) yuristlari tomonidan 1671 nafar tadbirkor Palata a’zoligiga tekin jalb etildi;
- 589 nafar tadbirkorning faoliyatidagi muammolari yuzasidan huquqiy yordam ko‘rsatildi;
- 854 nafar Palata a’zosiga tekinga xizmat ko‘rsatildi.
Shuningdek, yig‘ilishda hududlarga Palata IQ yuristlarining o‘z faoliyat va hududlar bo‘yicha hisobotlari eshtildi, shuningdek, viloyat va tuman (shahar) yuristlarining faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish va ularga amaliy yordam berish, shu jumladan tematik seminarlar o‘tkazish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
SSP matbuot xizmati
19.05.2023
22:03